Yangiliklar

Qashqadaryoda yo’l xo’jaligi sohasida samarali ishlar boshlab yuborildi.

Yangi maqsadlar,yangi rejalar, yangi yo’llar! Birgina tashkil etilganiga ko’p fursat bo’lmagan Ko‘kdala tumanida ko’zni quvontiradigan bunyodkorlik ishlari amalga oshrilmoqda. Obod manzil qad rostladi. Tuman markazidan o‘tuvchi davlat ahamiyatidagi 4R84 (D148) “Yakkabog‘—Chiroqchi—Ko‘kdala—Sho‘rbozor” avtomobil yo‘lining 67—78- kilometr qismini rekonstruksiya qilish ishlari qizg‘in jarayonda. Ayni damda Qashqadaryo Yo‘llardan muntazam foydalanish davlat muassasasi  yo‘lsozlari tomonidan  67—69- kilometrlari oralig‘ida yo‘l […]

Read More icon

Jarayon

Qishdagi qor muzlamalari va yomg‘irli kunlar avtomobil yo‘llarining sifatiga ta’sir qiladi.Shu sababli,ozgina havo ochilishi bilan yo‘llarda ta’mirlash ishlari boshlanadi.Bu respublika miqyosida an’anaviy ravishda amalga oshirilib kelinayotgan ishlardan biridir. Ayni paytda Qashqadaryo viloyati Avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi tarkibidagi barcha yo‘l korxonalari tomonidan avtomobil yo‘llari qatnov qismida paydo bo‘lgan buzilish va nosozliklarni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda.

Read More icon

Milliy qadriyatlar targ‘iboti

Har juma – milliy liboslar kuni. Shu munosabat bilan Qarshi YMFDM xodimlari tomonidan milliy liboslar chellenji tashkil etildi. Milliy liboslar chellenji avlodlar o‘rtasidagi madaniy merosni saqlash va kelajak avlodlarga bus-butun yetkazishda o‘ziga xos o‘rin tutadi. Ushbu sa’y-harakatlar milliylikni asrab-avaylash yo‘lidagi yana bir qadamdir.

Read More icon

Hududlarda vazn va hajm parametrlari boʻyicha nazorat tadbirlari start olgan.

Avtomobil yo‘llarida belgilangan meyordan ortiq yuklama bilan harakatlanishiga qarshi kuchaytirilgan nazorat-reyd tadbirlari Qashqadaryo viloyatida ham olib borilmoqda. Qashqadaryo viloyati Avtomobil yoʻllari bosh boshqarmasi, Qashqadaryo viloyati IIB JXX YHXB hamda Transport nazorati inspektsiyasi Qashqadaryo viloyati filiali xodimlari  bilan hamkorlikda mahalliy ahamiyatdagi Qarshi tumani hududidan o‘tgan (4N292) 70V100 a) Namuna qishlog‘i (46 kmdan) avtomobil yo‘lining 1-kilometrida o‘rnatilgan […]

Read More icon

Jarayon

Dam olish kunlari yurtmizning ko‘pgina viloyatlarida qor yog‘di. Qor yoqqan dastlabki kundan boshlab Qashqadaryo viloyati avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi hamda uning tuman, shahar bo‘limlari tomonidan maxsus shtablar, yo‘llarni tezkor tozalash brigadalari tashkil etildi. Avtomobil yo‘llarini qordan tozalash, yuzaga kelgan nosozlik va muzlamalarni bartaraf etish bo‘yicha zarur barcha ishlar amalga oshirildi. Sovuq, qorli ana shu kunlar […]

Read More icon
1 2