
Yangi maqsadlar,yangi rejalar, yangi yo’llar!
Birgina tashkil etilganiga ko’p fursat bo’lmagan Ko‘kdala tumanida ko’zni quvontiradigan bunyodkorlik ishlari amalga oshrilmoqda. Obod manzil qad rostladi. Tuman markazidan o‘tuvchi davlat ahamiyatidagi 4R84 (D148) “Yakkabog‘—Chiroqchi—Ko‘kdala—Sho‘rbozor” avtomobil yo‘lining 67—78- kilometr qismini rekonstruksiya qilish ishlari qizg‘in jarayonda.
Ayni damda Qashqadaryo Yo‘llardan muntazam foydalanish davlat muassasasi yo‘lsozlari tomonidan 67—69- kilometrlari oralig‘ida yo‘l tasmalarini ajratib turuvchi temir to‘siqlar o‘rnatish ishlari olib borilmoqda.