Qashqadaryo viloyati avtomobil yo‘llari Bosh boshqarmasi huquqiy targ‘ibot guruhi tomonidan joylarda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qaul qilinganligining 33-yilligi kunini munosib kutib olish va yuksak saviyada nishonlash, aholining konstitutsiyaviy bilimlarini yanada oshirish maqsadida Boshqarmaining tizim korxonalarida targ‘ibot,ma’daniy-ma’rifiy tadbirlari o‘tkazilmoqda.
Joriy yilning 3 dekabr kuni Boshqarma huquqiy targ‘ibot guruhi a’zolari Boshqarma Bosh yuriskonsulti B.Mirzayev,Qamashi TYFDM yuriskonsulti B.Jo‘rayev tomonidan Qamashi tuman yo‘llardan foydalanishi davlat muassasida 8 dekabr O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan «O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi — davlat va jamiyat taraqqiyoti manbai» mavzusida tadbir tashkil etildi. Tadbirda Qamashi tumani IIB xodimi — ichki ishlar leytenanti Sh.T.Jo‘rayev ishtirok edi. Tadbirda so‘nggi yillarda iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy-ma’naviy hayotning turli sohalarida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar va erishilayotgan natijalarning mustahkamlanishida Konstitutsiyaning o‘rni haqida so‘z bordi.va Yangi tahrirdagi O‘zbekiston Konstitutsiyasiga kiritilgan yangi normalarning ahamiyati haqida ma’lumotlar berildi.
Tadbirda so‘zga chiqqan B.Mirzayev,B.Jo‘rayev,Sh.Jo‘rayevlar o‘z nutqlarida yangilangan O‘zbekiston Konstitutsiyasi xalqimiz,davlatimiz o‘z yuridik tarixining ko‘p asrlik huquqiy an’analari va jahon tajribasining eng ilg‘or jihatlarini, eng maqbul prinsiplarini o‘zida mujassamlashtirganligiga va uni amalda to‘la namoyon etayotganligiga alohida e’tibor qaratdilar



