
Qishdagi qor muzlamalari va yomg‘irli kunlar avtomobil yo‘llarining sifatiga ta’sir qiladi.Shu sababli,ozgina havo ochilishi bilan yo‘llarda ta’mirlash ishlari boshlanadi.Bu respublika miqyosida an’anaviy ravishda amalga oshirilib kelinayotgan ishlardan biridir.
Ayni paytda Qashqadaryo viloyati Avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi tarkibidagi barcha yo‘l korxonalari tomonidan avtomobil yo‘llari qatnov qismida paydo bo‘lgan buzilish va nosozliklarni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda.