Jarayon

Dam olish kunlari yurtmizning ko‘pgina viloyatlarida qor yog‘di.
Qor yoqqan dastlabki kundan boshlab Qashqadaryo viloyati avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi hamda uning tuman, shahar bo‘limlari tomonidan maxsus shtablar, yo‘llarni tezkor tozalash brigadalari tashkil etildi.

Avtomobil yo‘llarini qordan tozalash, yuzaga kelgan nosozlik va muzlamalarni bartaraf etish bo‘yicha zarur barcha ishlar amalga oshirildi.
Sovuq, qorli ana shu kunlar davomida hududiy bo‘limlar xodimlaridan tarkib topgan ishchi birigada yo‘lsozlari tinim bilmay mehnat qilmoqda. Bundan tashqari, viloyat hududidagi umumfoydalanuvdagi avtomobil yo‘llarini obod qilish, qor va muzlardan tozalash uchun maxsus texnika vositalari jalb etilgan.