Hududlarda vazn va hajm parametrlari boʻyicha nazorat tadbirlari start olgan.

Avtomobil yo‘llarida belgilangan meyordan ortiq yuklama bilan harakatlanishiga qarshi kuchaytirilgan nazorat-reyd tadbirlari Qashqadaryo viloyatida ham olib borilmoqda.

Qashqadaryo viloyati Avtomobil yoʻllari bosh boshqarmasi, Qashqadaryo viloyati IIB JXX YHXB hamda Transport nazorati inspektsiyasi Qashqadaryo viloyati filiali xodimlari  bilan hamkorlikda mahalliy ahamiyatdagi Qarshi tumani hududidan o‘tgan (4N292) 70V100 a) Namuna qishlog‘i (46 kmdan) avtomobil yo‘lining 1-kilometrida o‘rnatilgan statsionar tarozida olib borilayotgan nazorat-reyd tadbirlarida belgilangan meyordan ortiq yuk bilan harakatlanib, yuk tashish qoidalarini buzgan haydovchilarga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, qonuniy chora ko‘rildi.