Yangiliklar

Jarayon

Viloyat Avtomobil yo’llari bosh boshqarmasida «Bir bo‘lsak — yagona xalqmiz, birlashsak — Vatanmiz!» shiori ostida o‘tayotgan O‘zbekiston Respublikasi Davlat Mustaqilligining 33 yilligi munosabati bilan bayram dasturxoni tashkil etildi. Sohada ko’p yillar samarali va fidoyilik bilan xizmat qilib kelgan faxriylar va nuroniylarga ehtirom ko’rsatilib, qimmatbaho sovg’a-salomlar tuhfa qilindi.

Read More icon

Jarayon

Qashqadaryo Yo‘llardan muntazam foydalanish davlat muassasasi xodimlari tomonidan hududlarda aholi kayfiyati va infratuzilma bilan bog‘liq eng dolzarb masalalarni hal etishga qaratilgan chora-tadbirlarning manzilli ro‘yhatiga asosan Ko‘kdala tumani hududidan o‘tuvchi davlat ahamiyatidagi 4R95 «A380 avtoyo‘li — Po‘loti — Sho‘rbozor q.» avtomobil yo‘lining 57 — 58-km qismlari asfaltlashtirildi.

Read More icon

Jarayon

Mahallalar infratuzilmasini rivojlantirish dasturi bo‘yicha «Jonbuzsoy» MFY dagi ichki ko‘chalar asfaltlashtirilmoqda. Ayni vaqtda Qashqadaryo Mintaqaviy yo‘llarga buyurtmachi xizmati davlat muassasasi buyurtmachiligida amalga oshirilayotgan mazkur jarayon  «Transyo‘lqurilish Qarshi»  MChJ quruvchilari tomonidan olib borilmoqda. Mustaqilligimizning 33 yilligi arafasida hududdagi yo‘llarning o‘zgacha chiroy kasb etayotganligini mahalla ahli to‘yga to‘yona deb qabul qilishmoqda.

Read More icon

Jarayon

«Tashabbusli budjet» jarayonlarining 1-bosqichida faollik ko‘rsatgan Nishon tumani «Umr Bunyodkori» MFY da istiqomat qiluvchi fuqarolarning tekis va ravon ko‘chalar  borasidagi ko‘p yillik orzulari ushalmoqda. Qashqadaryo Mintaqaviy yo‘llarga buyurtmachi xizmati davlat muassasasi buyurtmachiligida «MEGA STROY YO‘L QURISH»  МCHJ tomonidan hududdagi Bobur, Mirzo Ulug‘bek, G‘afur G‘ulom hamda Bunyodkor ko‘chalarida  asfaltlashtirish ishlari olib borildi.

Read More icon

Jarayon

Qarshi Yo‘llardan muntazam foydalanish davlat muassasasi tomonidan Xalqaro ahamiyatdagi A380 “G‘uzor —  Buxoro — Nukus — Beyneu” avtomobil yo‘lining  102 — 129-km qismlari oralig‘ida piyodalar o’tish joylari chizildi.

Read More icon
1 2 3 8