
«Tashabbusli budjet» jarayonlarining 1-bosqichida faollik ko‘rsatgan Nishon tumani «Umr Bunyodkori» MFY da istiqomat qiluvchi fuqarolarning tekis va ravon ko‘chalar borasidagi ko‘p yillik orzulari ushalmoqda. Qashqadaryo Mintaqaviy yo‘llarga buyurtmachi xizmati davlat muassasasi buyurtmachiligida «MEGA STROY YO‘L QURISH» МCHJ tomonidan hududdagi Bobur, Mirzo Ulug‘bek, G‘afur G‘ulom hamda Bunyodkor ko‘chalarida asfaltlashtirish ishlari olib borildi.