E’lon

Qashqadaryo viloyati avtomobil yoʻllari bosh boshqarmasi

eng yaxshi takliflarni tanlab olish orqali quyidagi obyektlarga qurilish bosh pudrat tashkilotlarini tanlash uchun

MAʻLUMOT

  1. «Kasbi», «Talishbe», «Obod Nekoʻz», «Qoraqoʻngʻirot» va «Mirzo Ulugʻbek» MFYlari hududidan oʻtuvchi D153 “Qarshi sh.-Beshkent sh.-Qamashi q.-Kasbi q.-Koson sh.” umumfoydalanuvdagi avtomobil yoʻlining 43-60 km qismini taʼmirlash. Boshlangʻich narx 11 146 964 953 soʻm.
  2. D152 “Qarshi sh. — Yangi Nishon sh.-Turkmaniston Respublikasi chegarasi» avtomobil yoʻlining 0-37 km oraligʻidagi yoʻlni taʼmirlash. Boshlangʻich narx 27 977 620 072 soʻm.
  3. 70V076 «D152 avtomobil yoʻli (11 km.dan) – “Paxtazor” MFY – 70V074 avtomobil yoʻli (12 km ga)» avtomobil yoʻlining 8-12 km qismini taʼmirlash. Boshlangʻich narx 2 424 381 179 soʻm.
  4. Qamashi tumani 70V025 “Chim q. – Qoraqoʻtan q. –Uchtut q.–Chorvador q.” avtomobil yoʻlining 3 km qismini taʼmirlash. Boshlangʻich narx 5 108 779 036 soʻm.
  5. 70V017 «Yakkabogʻ sh. – Samoq q. – Tatar q.» avtomobil yoʻlining 10 km qismini taʼmirlash. Boshlangʻich narx 8 854 815 094 soʻm.
  6. 70V014 «Yakkabogʻ sh. – Olakoʻylak q. – Shov q. – Dotqush q.» avtomobil yoʻlining 2-9 km qismini taʼmirlash. Boshlangʻich narx 5 058 911 011 soʻm.

Tanlov takliflari 2025-yil 16-oktyabrga qadar tanlov tashkilotchisiga – Qashqadaryo viloyati qurilish sohasida davlat xaridlarini tashkil etish konsalting markazi DM, Qarshi shahri, I.Karimov koʻchasi 60-A uy manzilida qabul qilinadi.

Ishtirokchilarga qoʻyiladigan talablar:

  • Talabgorlar sohaviy qurilish-pudrat tashkilotlari “C” va undan yuqori reytingiga ega boʻlishlari (obʻekt sohasiga qarab);
  • Tanlovda qatnashish buyurtmasini taʻminlash kafolatnomasi – Deklaratsiya;
  • Tanlov ishtirokchisi haqida umumiy maʻlumot (tashkilot guvohnomasi, doimiy xodimlari, jumladan: muhandis-texnik xodimlariga ega boʻlishi);
  • Qayta tashkil etish, tugatilish yoki bankrotlik bosqichida boʻlmaslik kafalot xati.
  • Buyurtmachi bilan sud yoki arbitraj muhokamasi holatidagi maʻlumotlar.
  • “Oʻzbekiston Respublikasining korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi qonuni asosiy talablari boʻyicha tanishganligi toʻgʻrisidagi kafolati.
  • Soliq inspeksiyasidan byudjet va byudjetdan tashqari maqsadli jamgʻarmalar oldida qarzdorligi mavjudligi yoki mavjud emasligi toʻgʻrisidagi maʻlumotnoma;
  • Xizmat koʻrsatuvchi bank tomonidan berilgan kartoteka-2 da qarzdorligi mavjudligi yoki mavjud emasligi toʻgʻrisida maʻlumotnoma (asl nusxasi);
  • Oʻxshash ishlarni bajarganligi toʻgʻrisida oxirgi 3 yillik maʻlumotnoma;
  • Moddiy texnika bazasi (inventarlar).
  • Ishlarni bajarish buyurtmanomasi.

 

Aloqa uchun:

Tanlov tashkilotchisi – Qashqadaryo viloyati qurilish sohasida davlat xaridlarini tashkil etish konsalting markazi DM mutaxassisi S.Qosimov                    (98) 775-87-17