Yangiliklar

Jarayon

Mahallalar infratuzilmasini rivojlantirish dasturi bo‘yicha «Jonbuzsoy» MFY dagi ichki ko‘chalar asfaltlashtirilmoqda. Ayni vaqtda Qashqadaryo Mintaqaviy yo‘llarga buyurtmachi xizmati davlat muassasasi buyurtmachiligida amalga oshirilayotgan mazkur jarayon  «Transyo‘lqurilish Qarshi»  MChJ quruvchilari tomonidan olib borilmoqda.

Read More icon

Jarayon

2024-yilning bahor mavsumida mahalliy ahamiyatdagi 4K271 “O‘risqishloq q.— Makrid q.— Minjir q. — Qopqonyog‘och q.” avtomobil yo‘lining 24-km qismidagi ko‘prik sel toshqinlaridan ancha zarar ko‘rib, suratdagidek ko‘rinishga kelib qolgan edi. Bu esa Kitob tumanidagi Ayoqchi qishlog‘ida yashovchi aholiga ham qator noqulayliklarni keltirib chiqargani bor gap. Qashqadaryo Avtombil yo‘llari bosh boshqarmasi hamda “O‘zyo‘lko‘prik” klasterining Qashqadaryo filiali […]

Read More icon

Bayram kayfiyati

To‘yga to‘yona ulashish yaxshi an’ana. Mustaqilligimizning 33 yilligiga Qashqadaryo viloyati Avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi yo‘lsozlari ham ajoyib tuhfa hozirlashdi. Bayram asnosida boshqarma tizimidagi “O‘zyo‘lko‘prik klasteri” Qashqadryo viloyati filiali davlat muassasasi ko‘priksozlari ham bu an’anaga amal qilib, navbatdagi ko‘prikni mukammal ta’mirdan chiqarishdi. Transport vositalari va aholi uchun foydalanishga topshirilgan uchta tumanni bir-biriga bog‘lovchi mazkur davlat amiyatidagi […]

Read More icon

Jarayon

Viloyat Avtomobil yo’llari bosh boshqarmasida «Bir bo‘lsak — yagona xalqmiz, birlashsak — Vatanmiz!» shiori ostida o‘tayotgan O‘zbekiston Respublikasi Davlat Mustaqilligining 33 yilligi munosabati bilan bayram dasturxoni tashkil etildi. Sohada ko’p yillar samarali va fidoyilik bilan xizmat qilib kelgan faxriylar va nuroniylarga ehtirom ko’rsatilib, qimmatbaho sovg’a-salomlar tuhfa qilindi.

Read More icon

Jarayon

Qashqadaryo Yo‘llardan muntazam foydalanish davlat muassasasi xodimlari tomonidan hududlarda aholi kayfiyati va infratuzilma bilan bog‘liq eng dolzarb masalalarni hal etishga qaratilgan chora-tadbirlarning manzilli ro‘yhatiga asosan Ko‘kdala tumani hududidan o‘tuvchi davlat ahamiyatidagi 4R95 «A380 avtoyo‘li — Po‘loti — Sho‘rbozor q.» avtomobil yo‘lining 57 — 58-km qismlari asfaltlashtirildi.

Read More icon
1 20 21 22 23 24 159