Bayram kayfiyati

To‘yga to‘yona ulashish yaxshi an’ana. Mustaqilligimizning 33 yilligiga Qashqadaryo viloyati Avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi yo‘lsozlari ham ajoyib tuhfa hozirlashdi.
Bayram asnosida boshqarma tizimidagi “O‘zyo‘lko‘prik klasteri” Qashqadryo viloyati filiali davlat muassasasi ko‘priksozlari ham bu an’anaga amal qilib, navbatdagi ko‘prikni mukammal ta’mirdan chiqarishdi. Transport vositalari va aholi uchun foydalanishga topshirilgan uchta tumanni bir-biriga bog‘lovchi mazkur davlat amiyatidagi 4R97 “Muborak sh. —
Pomuq q. — Alangyo‘l  — Nishon q.” avtomobil yo‘lining 17-km qismidagi
ko‘prik bahor mavsumidagi kuchli yog‘ingarchilik va sel oqibatida ancha zarar ko‘rgan edi.
Bu esa o‘tgan davr mobaynida tabiiyki, haydovchi va yo‘lovchilarga qator noqulayliklarni keltirib chiqarardi.
Qisqa fursatlarda qurib, foydalanishga topshirilgan ushbu ko‘prikda ayni paytda harakat jadal davom etmoqda. Ko‘priksozlarimiz himmatidan esa el mamnun.