Jarayon

2024-yilning bahor mavsumida mahalliy ahamiyatdagi 4K271 “O‘risqishloq q.— Makrid q.— Minjir q. — Qopqonyog‘och q.” avtomobil yo‘lining 24-km qismidagi ko‘prik sel toshqinlaridan ancha zarar ko‘rib, suratdagidek ko‘rinishga kelib qolgan edi. Bu esa Kitob tumanidagi Ayoqchi qishlog‘ida yashovchi aholiga ham qator noqulayliklarni keltirib chiqargani bor gap.
Qashqadaryo Avtombil yo‘llari bosh boshqarmasi hamda “O‘zyo‘lko‘prik” klasterining Qashqadaryo filiali davlat muassasasi tomonidan kuni kecha mazkur ko‘prik mukammal ta’mirlanib, foydalanishga topshirildi.