


Xavfsiz yo’l — oliy maqsad
Yo‘llarda fuqarolarning xavfsizligini ta’minlash va yo‘l- transport hodisalarining oldini olish maqsadida Qashqadaryo Yo‘llardan muntazam foydalanish davlat muassasasi tomonidan Ko‘kdala tumani hududidan o‘tuvchi xalqaro ahamiyatga ega bo‘lgan A378 «Samarqand — G‘uzor» avtomobil yo‘lining 72-km qismidagi piyodalar o‘tish joyida yangi svetofor o‘rnatildi va yo‘l-yotiq chiziqlari chizish ishlari olib borildi.

«Mahalla obod — yurt obod»
Yurtimiz bo’ylab «Mahalla obod — yurt obod» shiori ostidagi umumxalq xayriya hasharini Qashqadaryo MYBXDM ishchi xodimlari ham uyushqoqlik bilan o’tkazishmoqda. Kun davomida barcha ishchi- xodimlar o’z korxonasi atrofini obodonlashtirilishi va ko‘kalamzorlashtirilishga alohida e’tibor qaratdi. Shuningdek, ish o‘rinlarini tartibga solish bo‘yicha ham ishlar olib borildi.

«Mahalla obod — yurt obod»
Joriy yilning 24 — 25-avgust kunlari mamlakatimiz bo’ylab «Mahalla obod — yurt obod» shiori ostida o’tkazilishi belgilangan umumxalq xayriya hasharida Qashqadaryo viloyat Avtomobil yo’llari bosh boshqarmasi tizimidagi korxonalar ham faollik ko’rsatishmoqda. Hasharda viloyat AYBBning 25 nafar, Qarshi MYFDMning 24 nafar hamda Qashqadryo MYBXDMning 22 nafar ishchi-xodimlari qatnashdi.

Jarayon
Hududlarda aholi kayfiyati va infratuzilma bilan bog‘liq eng dolzarb masalalarni hal etishga qaratilgan chora-tadbirlarning manzilli ro‘yxatiga asosan Qarshi tumanidan o‘tuvchi mahalliy ahamiyatdagi 4K328 “4R90 avtoyo‘li — Qojor q. — Lagandi q.” avtomobil yo‘lining 0 — 2-km qismlarida asfaltlashtirish ishlari olib borilmoqda.