Yo’llarda harakat xavfsizligi ta’minlandi!

🗨QASHQADARYO VILOYATI
🛣 Qashqadaryo Avtomobil yo‘llari Bosh boshqarmasi tasarrufidagi yo‘llardan foydalanish davlat muassasalari joriy kuz-qish mavsumiga tayyorligini ko’rsatdi.
🌨 15-dekabr kuni yoqqan qor va muzlamalarda kun sovuq bo’lishiga qaramasdan boshqarma tarkibidagi 120 ta maxsus texnika 354 nafar ishchi xodimlardan iborat katta guruh jalb etildi.Ular tomonidan viloyatdagi avariya o‘chog‘i deb qaralgan barcha xavfli burulishlar va past-baland yo‘llarda qordan tozalash va muzlamalarning oldini olish ishlari amalga oshirildi.
🚧Yo’llarda ko’ngilsiz vaziyatlar kuzatilmadi.
🌅Bugun quyosh charaqlab chiqqan bo’lsada,guruhlarda uzluksiz ish tashkil etilgan.