Manzillar obod, yo‘llar ravon bo‘lmoqda

Manzillar obod, yo‘llar ravon bo‘lmoqda

Davlat ahamiyatidagi 4R92 “Qarshi sh.—Tolliqo‘rg‘on q.—Kasbi sh.—Jiynov q.—Pomuq q.” avtomobil yo‘lining 3—41-kilomet qismlari oralig‘ida joriy ta’mirlash ishlari olib borilyapti.
Ushbu jarayonlar uchun 80 mlrd so‘mlik loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqilgan bo‘lib, bugungi kunda Qarshi Yo‘llardan muntazam foydalanish davlat muassasasi tomonidan mazkur yo‘lning 38-kilometrida asfalt qoplamasini yotqizish ishlari bajarilmoqda.
Ayni paytda mazkur obyektda ish ikki navbatda tashkil etilgan bo‘lib, ellikka yaqin maxsus texnika, 90dan ziyod yuk tashuvchi avtomobillar hamda 190 nafarga yaqin ishchi-xodimlar jalb qilingan.
Ishlarni belgilangan muddatda yakunlash uchun barcha sharoitlar yaratilgan.