Qashqadaryo viloyat Yo‘llardan muntazam foydalanish davlat muassasasining Kadrlar ishlari bo‘yicha inspektori Sh.Erkayeva, Texnika xavfsizligi va fuqaro muhofazasi muhandisi X.Chorshanbiyev tomonidan korxonaga qarashli xalqaro ahamiyatga ega bo‘lgan M-39 «Almata — Bishkek — Toshkent — Termiz» avtomobil yo‘li, A378 “Samarqand — G‘uzor” avtomobil yo‘llarida texnika xavfsizligini ta’minlash, belgilangan avtomobil yo‘llarida bajarilgan saqlash, joriy ta’mirlash, tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf qilish ishlari bo‘yicha hamda yo‘l bo‘limi boshliqlari, yo‘l ustasi va yo‘l ishchilarini o‘z xizmat vazifalarini bajarishi va xizmat vazifasiga kirishish davomida ishchilarning maxsus kiyimda bo‘lishlari bo‘yicha kuzatuv-nazorat ishlari olib borildi. Ishchi-xodimlar bilan muloqot davomida korxonaning ichki tartib-qoidalariga barcha birdek rioya qilishi lozimligi tushuntirib o‘tildi.