
Qashqadaryo viloyatining so‘lim manzillaridan biri – Yakkabog‘ tumani yo‘l infratuzilmasi ham kun sayin yaxshilanib boryapti.
Yakkabog‘ tuman Yo‘llardan foydalanish davlat muassasasi ishchi-xodimlari ham kompleks rivojlantirish dasturi doirasida hudud farovonligi uchun o‘zlarining munosib hissalarini qo‘shmoqdalar.
Kuni-kecha yo‘lsozlar tomonidan mahalliy ahamiyatdagi 70V078 (4K347) “Yakkabog‘ shahriga kirish” avtomobil yo‘lining 2—3-kilometrlari oralig‘ida yo‘l chetiga maxsus sement-beton ariqchalar (lotoklar)ni o‘rnatish hamda asfalt qoplamasini yotqizish ishlari yakuniga yetkazildi.