
Qashqadaryo viloyati Avtomobil yo‘llari Bosh boshqarmasi tarkibidagi Yakkabogʻ tuman Yo‘llardan foydalanish davlat muassasasi tomonidan ayni kunlarda “Amir Temur” shox ko‘chasida asfaltlashtirish ishlari olib borilmoqda.
Harakat xavfsizligini ta’minlash va tirbandliklarning oldini olish hamda transport oqimini yengillashtirish maqsadida mazkur ko‘chaning 1,2 kilometr uzunlikdagi qismiga asfalt qoplamasi yotqizilyapti.
Yaqin kelajakda ushbu manzilda 18 metr kenglikka ega bo‘lgan to‘rt tasmali harakat yo‘lagi barpo etiladi.