
Bugungi kunda kambagʻallikni qisqartirish umummilliy harakatga aylandi.
Qashqadaryo viloyati hokimi Murotjon Berdialievich tashabbusi bilan kam ta’minlangan oilalarni vohada faoliyat yuritayotgan rahbar xodimlarga biriktirish boʻyicha tizimli rejalar tuzilib,amaliy ishlar boshlab yuborilgan edi.Мuqaddas Qurbon hayiti oldi Qashqadaryo viloyati Avtomobil yoʻllari bosh boshqarmasining rahbari Bekzod Toʻraev mazkur tashabbusni qoʻllab- quvvatlab,oʻziga biriktirilgan ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga quvonch ulashdi.Oʻn barmogʻi oʻn hunar,chevarchilik qoʻlidan keladigan Qarshi shahrida yashovchi Usmonova Mohigul hamda Salomova Nodiraga zamonaviy tikish mashinasi topshirildi.Ikkita xonadon bekalari kambagʻal oila roʻyxatidan chiqarildi.