
Qashqadaryo viloyat Mintaqaviy yo‘llarga buyurtmachi xizmati davlat muassasasi buyurtmachiligida Kitob tumanidagi “Kitob” tabiat milliy bog‘i hududiga olib boruvchi ichki yo‘llar ta’miriga kirishildi.
Ayni chog‘da mazkur ichki yo‘lni asfaltlashtirish uchun asos tayyorlash ishlari boshlab yuborilgan.
🧭 Viloyatda turizm sohasini rivojlantirish yo‘lida tashlanayotgan qadamlar tez fursatda ijobiy ko‘rsatkichlarga dastak bo‘la boshlaydi.