
Koson tumani mahallalaridagi mavjud tuproq yo‘lli ichki ko‘chalar hashar yo‘li bilan navbatma-navbat shagallashtirilmoqda.
Tumandagi «Paxtazor» MFY hududida 500 metr, jumladan Obod hamda Setora ko’chalari, shuningdek, «Regzor» MFY da 400 metr, ichki ko‘chalarga shag‘al to‘kib tekislandi. Mavjud jarayonlarda Koson TYFDMga tegishli maxsus texnikalar va ishchi-xodimlar faollik ko‘rsatishmoqda.
Obodonlashtirish ishlari tumanning boshqa mahallalarida ham jadal suratlarda davom etmoqda.
Yo’limiz bir, niyatimiz xolis!