


E’LON!
Qashqadaryo viloyati Avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-apreldagi “Umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarini ekspluatatsiya qilish ishlarini autsorsing asosida xususiy sektor tomonidan amalga oshirishni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 233-sonli qaroriga asosan tajriba sinov tariqasida umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarini ekspluatatsiya qilish ishlariga autsorsing asosida xususiy sektor jalb qilinishini ma’lum qiladi. Obyekt: 4Р234 “Koson sh.—Qarliq q.—Muborak q.” […]

JARAYON
Avtomobil yo‘llarida yo‘lovchilarning xavfsizligini ta’minlash birlamchi masala sanaladi. Piyodalar o‘tish joyi va yo‘l belgilarining mavjudligi ham muhim shartlardan biridir. Shahrisabz tuman Yo‘llardan foydalanish davlat muassasasi tomonidan davlat ahamiyatidagi 4R 23L “Kitob—Shahrisabz ” avtomobil yo‘li Ipak yo‘li ko‘chasi va Kesh MFY hududida joylashgan 6 — sonli maktab oldida piyodalar o‘tish yo‘lagi va yotiq yo‘l chiziqlari chizildi. […]