
Avtomobil yo‘llarida yo‘lovchilarning xavfsizligini ta’minlash birlamchi masala sanaladi. Piyodalar o‘tish joyi va yo‘l belgilarining mavjudligi ham muhim shartlardan biridir.
Shahrisabz tuman Yo‘llardan foydalanish davlat muassasasi tomonidan davlat ahamiyatidagi 4R 23L “Kitob—Shahrisabz ” avtomobil yo‘li Ipak yo‘li ko‘chasi va Kesh MFY hududida joylashgan 6 — sonli maktab oldida piyodalar o‘tish yo‘lagi va yotiq yo‘l chiziqlari chizildi.
Shuningdek, mazkur avtomobil yo‘lining Ipak yo‘li ko‘chasi va Pillakashlik MFY bilan tutashgan chorrahasida 5.16.1 , 5.16.2 yo‘l belgilari o‘rnatildi.