
Jarayon
Muntazam ravishda saqlash ishlarining tashkil qilinishi avtomobil yo’llaridagi harakat xavfsizligini ta’minlashda muhim o‘rin tutadi. Birgina davlat ahamiyatidagi 4R84 “Yakkabog‘—Chiroqchi—Ko‘kdala—Sho‘rbozor” avtomobil yo‘lida ham yo‘lchilarimiz tomonidan ishlar olib borilmoqda. Mazkur avtomobil yo‘lining 33—36- km qismlari oralig‘ida yo‘lovchilar xavfsizligini ta’minlash maqsadida yo‘l chetlari kengaytirilib, piyodalar yo‘lakchasi qurish uchun 500 metr uzunlikdagi yo‘l tayyorlanmoqda.