Jarayon

Yo‘llar sifatini yaxshilash, aholi va transport vositalari harakatlanishi uchun qulayliklar yaratish maqsadida hududlardagi tuproq yo‘llarga tosh-shag‘al yotqizish ishlari olib borilmoqda.

💬Ayni kunlarda Yakkabog‘ TYFDM ga qarashli maxsus texnikalar yordamida tumandagi “Nurli yo‘l”, “Chimqo‘rg‘on”, “Shar-Sharbag‘ot”, “Yangiobod”, “Obod”, “Shodlik”, “Uyg‘ur”, “Esat”, “Istiqlol”, “Mustaqillik”, “Ibn Sino”, “Uzun”, “Sandal” mahalla fuqarolar yig‘inlaridagi tuproq yo‘llar shag‘allashtirilmoqda.