
Qashqadaryo mintaqaviy yo‘llarga buyurtmachi xizmati davlat muassasasi buyurtmachiligida Qashqadaryo viloyatida ham tashabbusli byudjet jarayonlari yuqori suratda olib borilmoqda. Xususan, «Ekspress LYUKS» MChJ tomonidan Koson tumani «Gala» MFY Gala qishlog’i ichki yo‘llarida olib borilayotgan asfaltlash ishlari belgilangan talab va me’yorlar asosida sifatli tarzda amalga oshirilmoqda.