Jarayon

«Tashabbusli budjet» jarayonlarida faollik ko’rsatgan Qarshi tumani Potron MFY fuqarolarining ichki yo’l borasidagi ko’p yillik orzulari ushalmoqda. Ayni chog’da Qashqadaryo Mintaqaviy yo‘llarga buyurtmachi xizmati davlat muassasasi buyurtmachiligida Boboyurt ko’chasida pudratchi tashkilot «ASFALT-BETON QORIShMALARI» MChJ tomonidan asfaltlashtirish ishlari olib borilmoqda.