Jarayon

    Qashqadaryo Mintaqaviy yo‘llarga buyurtmachi xizmati davlat muassasasi buyurtmachiligida viloyatdagi qator ichki xo‘jalik yo‘llarida “Tashabbusli budjet” jarayonlarining birinchi bosqichiga kirishildi.
Ilgari notekis bo‘lgan ko‘chalar qiyofasi endilikda o‘zgarmoqda. Mahalladagi ichki yo‘llarning ravonlashib borayotganligidan esa hududda istiqomat qiluvchi fuqarolar benihoya mamnun.
Xususan, Koson tumani “Gala”  MFY Gala qishlog‘i, Qamashi tumani “Oynako‘l” MFY Qushchi qishlog‘i, Shahrisabz shahar “Zargarlik” va “Yangiobod” MFY larni bog‘lovchi ichki yo‘llar, G‘uzor tumanidagi  “Chaqar” MFY, Nishon tumani “Paxtazor” MFY hamda  Qarshi tumani «Potron» MFY fuqarolarining ichki yo‘l borasidagi ko‘p yillik orzulari ushalmoqda.
Yuqori sur’atda, belgilangan talab va me’yorlar asosida sifatli olib borilayotgan amaliy jarayonlardan fuqarolar minnatdor.
Bu kabi jarayonlar viloyatning boshqa hududlarida ham davom etmoqda.