Davra suhbati tashkil etildi

Qashqadaryo viloyati Avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi majlislar zalida “Saylovlar demokratiya ko‘zgusi” mavzusida boshqarma ishchi-xodimlari bilan davra suhbati tashkil qilindi.

Davra suhbatida Qarshi Davlat universiteti dotsenti, siyosatshunos olim Meyli To‘raqulov ishtirok etdi hamda ma’ruza qildi.

Tadbir davomida saylov huquqi masalalari, saylovlarning kelib chiqish tarixi, fuqarolarning saylovlarda ishtirok etishdagi daxldorlik masalalariga alohida to‘xtalib o‘tdi. Shuningdek, saylovlar mamlakatda amalga oshirilayotgan demokratik islohotlar, yaqin va olis istiqbol uchun belgilab olinadigan strategik taraqqiyotning dasturiy vazifalarini amalga oshirishda katta ahamiyat kasb etishi haqida fikr-mulohazalar o‘rtaga tashlandi.

Davra suhbati davomida ishtirokchilar saylov jarayonlariga oid o‘zlarini qiziqtirgan savollariga atroflicha javob olishdi.