RASMIY MUNOSABAT

“Ishonch” gazetasining 2024-yil 28-may №66-sonida fuqaro Murodjon Turopov murojaati asosida “Yo‘llarga sun’iy to‘siq o‘rnatishning me’yori bormi?” sarlavhasi ostida e’lon qilingan shikoyat yuzasidan Qashqadaryo viloyati Avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi quyidagilarni ma’lum qiladi.
Qashqadaryo viloyati hududidan o‘tgan umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarida shu vaqtgacha jami 26 ta sun’iy notekisliklar o‘rnatilagan edi. Shundan 2 tasi davlat ahamiyatidagi, 24 tasi mahalliy ahamiyatdagi avtomobil yo‘llarida mavjud edi. Ayni kunga kelib umumfoydalanuvdagi avtomobil yo‘llarida birorta ham sun’iy notekisliklar mavjud emasligini ma’lum qilamiz.
Qashqadaryo viloyati Avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi Axborot xizmati

Yo’limiz bir, niyatimiz xolis!