RASMIY MUNOSABAT

“Feysbuk” ijtimoiy tarmog‘ida “Qarshi sh. – Chim q.– Chiroqchi q. – Shahrisabz sh.” avtomobil yo‘lining 18-km.dagi yangi ko‘prikda o‘ta og‘ir yuk mashinalari qatnovi tufayli ko‘prikning 5 ta balkasi yorilib ketganligi» haqida e’lon qilingan tanqidiy murojaat yuzasidan “O‘zyo‘lko‘prik klasteri Qashqadaryo viloyati filiali” DM quyidagilarni ma’lum qiladi.

Mazkur davlat ahamiyatidagi 4R79 “Qarshi sh. – Chim q.– Chiroqchi q. – Shahrisabz” avtomobil yo‘lining 18-kilometridagi Qorasuv daryosi ustidan o‘tgan ko‘prikning texnik holati mutaxassislar tomonidan joyiga chiqib o‘rganildi va dastlabki o‘rganishlar davomida quyidagilar aniqlandi:

Mavjud ko‘prikning sxemasi 15,0+18,0+15,0 m bo‘lib, umumiy uzunligi 48,60 metrni tashkil etadi. Ko‘prik  2023-yilda qurilib foydalanishga topshirilgan.  №3 oraliq qurilmasining №4, №5, №6, №7 va №8 plitalarida ochilish kengligi 2,0 mm gacha bo‘lgan yakka chiziqchalar mavjud. Harakat qismi yuzasida bo‘ylama yoriqlar paydo bo‘lgan.

Aniqlangan nuqsonlarning kelib chiqish sabablarini o‘rganish maqsadida №3 oraliq qurilmasining №4, №5, №6, №7 va №8 PN15.99.63 plitalari demontaj qilindi va laboratoriya xulosalari uchun namunalar olindi. №3 oraliq qurilmasidan demontaj qilib olingan plitalar “O‘zyo‘lko‘prik klasteri Qashqadaryo viloyati filiali” DM tomonidan ishlab chiqarilgan PN15.99.63 plitalariga almashtirildi. Qatnov qismiga asfaltobeton qorishmasi yotqizilib, transport vositalarining xavfsiz harakatlanishi to‘liq ta’minlandi. Laboratoriya xulosalari asosida yuqoridagi holat yuzasidan yana qo‘shimcha ma’lumot taqdim etilishini ma’lum qilamiz.

 

Qashqadaryo viloyati AYBB Axborot xizmati