
Qashqadaryo Yo‘llardan muntazam foydalanish davlat muassasasi yo‘lchilari tomonidan xalqaro ahamiyatdagi M-39 “Almati —Bishkek — Toshkent — Shahrisabz — Termiz” avtomobil yo‘lining 1145- km qismida joriy ta’mirlash mablag‘lari hisobidan tuproq qazib olish, 150 dona LK 3.3 temir-beton lotoklarini o‘rnatish va 300 metr piyodalar yo‘laklarini qurish ishlari bajarilmoqda. Shuningdek, mazkur avtomobil yo‘lining ushbu qismidagi yo‘l qoplamasi qayta yotqizilishi rejalashtirilgan.