
Avtomobil yo‘llarining nosoz holatga kelib qolishi qator omillarga bog‘liq. Shulardan biri tayyor ta’mirlangan holatdagi avtomobil yo‘lidan suv quvuri o‘tkazish ishlaridan keyin yo‘ldagi cho‘kish holatlarining yuz berishidir. Yaqinda mahalliy ahamiyatga molik 4K283 “Yakkabog‘ sh.—Olako‘ylak q.—Shov q.—Dotqush q.” avtomobil yo‘lining 0—1-km qismida ham ana shunday salbiy holat kuzatildi. Risoladagidek ta’mirlash ishlaridan keyin suv quvurini tuzatish va o‘tkazish ishlarining olib borilishi natijasida paydo bo‘lgan nosozlikni bartaraf etish maqsadida Yakkabog‘ TYFDM ishchi-xodimlari tomonidan mazkur yo‘lning tegishli qismi yamash usulida ta’mirlashga tayyorlanmoqda.
Yo’limiz bir, niyatimiz xolis!
https://t.me/qashqadaryoavtoyol