JARAYON

Yo‘llarda harakatlanayotgan transport vositalarini tartibga solish va harakat xavfsizligini ta’minlashda birgina chiziqning ham ahamiyati beqiyos.
Bahor mavsumi bo’lganligi bois tez-tez yomg‘irlar yog‘ishi natijasida avtomobil yo‘llaridagi chiziqlarning o‘chib ketishi holatlari kuzatiladi. Bunday vaziyatda yo‘lsozlarimiz maxsus yo‘l yotiq chiziqlarini chizishga kirishadi. Ana shunday amaliy ishlardan biri xalqaro ahamiyatga molik A380 “G‘uzor—Buxoro—Nukus—Beyneu” avtomobil yo‘lida olib borilmoqda.
Bu kabi ish jarayonlari viloyat hududidan o‘tgan umumfoydalanuvdagi barcha xalqaro ahamiyatdagi avtomobil yo‘llarida rejali tashkil qilinmoqda.