Jarayon

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 24—25- oktabr kunlari Qashqadaryo viloyatiga tashrifi davomida berilgan topshiriqlar va kengaytirilgan tarzda o‘tkazilgan 35-sonli yig‘ilish bayonining 48-bandiga asosan 105 mlrd so‘m mablag‘lar evaziga Qarshi shahridagi 32 km uzunlikdagi 6 ta markaziy ko‘chalarida «Islom Karimov», «Mustaqillik», «Nasaf», «Alisher Navoiy», «Amir Temur», «Xonobod yo‘li» ko‘chalarida ta’mirlash ishlarini amalga oshirilishi belgilangan edi.
Ayni kunlarda Qashqadaryo Mintaqaviy yo‘llarga buyurtmachi xizmati davlat muassasasi buyurtmachiligida mazkur topshiriq ijrosiga kirishish hamda yo‘llarni zamonaviy texnologik talablar asosida sifatli ta’mirlash maqsadida maxsus texnikalar asfaltlash jarayonlarini boshlash uchun Qarshi shahridagi »Mustaqillik» ko‘chasiga ko‘chirilmoqda.