
Telegram ijtimoiy tarmog‘ida https://t.me/yazdurdiyev_blog/4152 e’lon qilingan Nishon tumanidagi yo‘llarga oid tanqidiy lavhaga Nishon tuman Yo’llardan foydalanish davlat muassasasi quyidagilarni ma’lum qiladi.
Mazkur davlat ahamiyatidagi 4R89 «Qarshi — Talimarjon IES» avtomobil yo‘li 0 — 60 km. Avtomobil yo‘lining 24 — 28- km oralig‘idagi ta’mirtalab qismlarini bartaraf etish, xavfsiz harakatni ta’minlash maqsadida mazkur hududga 2024-yil 30- mart kuni issiq asfaltobeton qorishmasi yordamida ta’mirlash ishlari olib borildi. Hozirgi vaqtda yo‘lning qolgan ta’mirtalab qismlarida ham ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.
Qolaversa, mazkur tanqidiy videoni e’lon qilgan «Yazdurdiyev #Marslik Ovchi» minnatdorlik mazmunida o‘z telegram kanalida ushbu yo‘lda olib borilayotgan joriy ta’mirlash jarayonlari haqida ham post e’lon qilgan.
Qashqadaryo viloyati Avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi Axborot xizmati
Yo’limiz bir, niyatimiz xolis!
https://t.me/qashqadaryoavtoyol