RASMIY MUNOSABAT

Ijtimoiy tarmoqlarda «Chiroqchining abgor yo‘llariga mutasaddilar qachon e’tibor qaratadi?» sarlavhasi ostida e’lon qilingan https://t.me/elmurodblog/18521 tanqidiy murojaatga Qashqadaryo viloyati Avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi quyidagilarni ma’lum qiladi.

4K342 “A378 a/—Uyshun—4R 84 a/yo‘li” avtomobil yo‘lining uzunligi 30 kilometr bo‘lib, A378 “Samarqand—G‘uzor” avtomobil yo‘li, Uyshun qishlog‘i orqali 4R84 “Yakkabog—Chiroqchi—Sho‘rbozor” avtomobil yo‘lini bog‘laydi. Mazkur avtomobil yo‘li Chiroqchi tuman markazidan A378 “Samarqand—G‘uzor” avtomobil yo‘liga chiqadigan asosiy yo‘l bo‘lib, yo‘ldan Chiroqchi, Shahrisabz, Kitob, Yakkabog‘, Qamashi tumanlariga Samarqand va Toshkent shaharlaridan kelib ketuvchi barcha turdagi avtotransport vositalari harakatlanadi.

Mazkur avtomobil yo‘li 1975-yilda qurilgan bo‘lib, hozirgi kundagi og‘ir yuk tashuvchi avtotransport vositalarining harkatlanishiga mo‘ljallanmagan. Yo‘lning qoplamasi yemirilib, qatnov qismida to‘rsimon yoriqlar, har xil hajmdagi buzilish va cho‘kishlar paydo bo‘lganligi sababli mazkur avtomobil yo‘lini qayta qurish yoki kapital ta’mirlash zarur.

2024-yil mart oyida 4K342 “A-378 a/yuli—Uyshun—4R84 a/yo‘li” avtomobil yo‘lining 25—30- kilometr qismlaridagi buzilish va chuqurchalarni tamirlash ishlari bajarilgan, yo‘lning qolgan qismidagi nosozliklarni ta’mirlash ishlari 20-aprelga qadar yakunlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prizidentining Qashqadaryo viloyatiga 2023-yil 24-25-oktyabr kunlari tashrifi davomida belgilangan topshiriqlar bo‘yicha 35-sonli yig‘ilish bayonining 49-bandida Xitoylik investorlarni jalb qilgan holda Samarqand bilan Shahrisabzni bog‘lovchi Chiroqchi tumani hududidagi 4K342 “A378 avtomobil yo‘li—Uyshun q. 4R84” avtomobil yo‘lini 30-kilometr qismini ta’mirlash ishlarini boshlash rejalashtirilganligini ma’lum qilamiz.

Yo’limiz bir, niyatimiz xolis!
https://t.me/qashqadaryoavtoyol

Qashqadaryo viloyati Avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi Axborot xizmati