
Mamlakatimiz Prezidentining 2023-yil, 10-oktyabdagi «Yo‘l xo‘jaligi sohasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 330-sonli qarori yo‘l infratuzilmasi islohotlarini olib borilishida dasturilamal bo‘lib xizmat qilmoqda.
Qaror bandlari ijrosini belgilangan tartibda amalga oshirish uchun umumfoydalanuvdagi avtomobil yo‘llarida tizimli jarayonlar yo‘lga qo‘yilgan.
Xususan,
✅Shahrisabz shahar hududidan o‘tuvchi M39 avtomobil yo‘lining 1171-km qismidagi piyodalar o‘tish yo‘lagida ikki taraflama yoritish chiroqlari o‘rnatildi.
✅Mahalliy ahamiyatga ega 4К298 “Sho‘rcha q.—Qamashi sh.—Xontushdi q.” avtomobil yo‘lining 2—3-km qismlari oralig‘ida joylashgan 48-sonli umumta’lim maktabi hududi yaqiniga cheklangan tezlik 30 yo‘l belgisi o‘rnatildi.
Shuningdek,
✅Qashqadaryo Yo‘llardan muntazam foydalanish davlat muassasasi ishchi-xodimlari tomonidan xalqaro ahamiyatga ega A378 “Samarqand—G‘uzor” avtomobil yo‘lining 128— 135-km qismlari oralig‘ida saqlash ishlari olib borildi.