
Kuchli yoqqan yomg‘ir natijasida tog‘li hududlarga sel kelishi avtomobil yo‘llari va ko‘priklarda sel suvlarining haddan ortiq to‘planib qolishi kuzatiladi. Bu esa yo‘llar sifatiga ta’sir qilish barobarida transport vositalarining harakatlanishida ham noqulayliklar tug‘diradi. Buning oldini olish maqsadida Shahrisabz tuman Yo‘llardan foydalanish davlat muassasasi ishchi-xodimlari tomonidan mahalliy ahamiyatdagi 4K303 “Kitob sh.—Miraki q.” avtomobil yo‘lining 25—30-km qismlari oralig‘ida saqlash ishlari olib borilib, ko‘prik ustini qoplagan sel suvlarini qochirish ishlari olib borildi.
Shuningdek,
✅Miroqi bozori atrofidagi chorrahada yangi yo‘l belgilari ham o‘rnatildi.