
Ijtimoiy tarmoqlardagi Keshnews telegram kanalida «Shahrisabz tumani O‘rtaqo‘rg’on qishlog‘idan o‘tuvchi yo‘lning holati» sarlavhasi (https://t.me/keshnews/8487) ostida e’lon qilingan tanqidiy video lavha yuzasidan Shahrisabz TYFDM quyidagilarni ma’lum qiladi.
Umumiy foydalanishdagi 4K280 “Shahrisabz sh.—Shamaton q.—Tanxoz temir yo‘l stansiyasi” avtomobil yo‘lining 0—8-km.lari Shahrisabz TYFDM tasarrufida bo‘lib, ushbu avtomobil yo‘lining 1—6- km.lari oralig‘ida 2024-yil 19-mart kunidan boshlab issiq asfaltabeton qorishmasi bilan ta’mirlandi. Yo‘lning nuqsonlari mavjud qismlarida (yamochny remont) yamoq shaklida ta’mirlash ishlari bajarildi. Shu bilan bir qatorda mazkur avtomobil yo‘lining 5,5—6-km oralig‘ida yo‘lning ta’mirtalab bo‘lgan 450 metr qismi kartasimon shaklda ta’mirlanib, asfaltabeton qoplamasi yotqizildi.
Qashqadaryo viloyati viloyati Avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi Axborot xizmati
Yo’limiz bir, niyatimiz xolis!