RASMIY MUNOSABAT

Ijtimoiy tarmoqlardagi «Kitob tumani Ayoqchi qishlog‘ida ham sel kelgani aytilmoqda.» sarlavhasi (https://t.me/Qashqadaryo_Qarshi_Shahrisabz_07/77372) ostida e’lon qilingan xabarga Qashqadaryo viloyati Avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi quyidagilarni ma’lum qiladi.
Haqiqatdan ham, 2024-yil 21-mart kuni viloyatda kuchli yomg‘ir yog‘ishi natijasida tog‘li hududlarda sel toshqini kelish holati kuzatildi. Sel toshqini suvlari kelishi natijasida Kitob tumani hududida joylashgan umumfoydalanuvdagi 4K271 “O‘risqishloq q.— Makrid q. — Minjir q.— Qopqonyog‘och q.” avtomobil yo‘lining 24- kilometridagi 1987-yilda qurilgan 47 metr uzunlikdagi ko‘prikning kirish qismini sel suvlari yuvish holati kuzatildi. Natijada avtotransport vositalari harakati to‘xtab qoldi.
Sodir bo‘lgan holat 21-mart kuni yo‘l korxonalari tomonidan zudlik bilan bartaraf etilib, ko‘prikda avtotransport vositalari harakati qayta tiklandi.

Qashqadaryo viloyati Avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi Axborot xizmati

Yo’limiz bir, niyatimiz xolis!