Xalqaro uchrashuv

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-oktyabrdagi “Yo‘l tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-330-son qarori bilan 2025-yilning yanvar oyidan boshlab yangi qurilayotgan obyektlarda yo‘l-qurilish ishlarining loyiha boshqaruvi va texnik nazorati Xalqaro muhandis-konsultantlar federatsiyasi (FIDIC) ning amaliyoti va hujjatlariga muvofiq amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan.
Shu maqsadda Avtomobil yo‘llari qo‘mitasining hududiy korxonalari mutaxassislari uchun bosqichma-bosqich o‘quv-seminarlar tashkil etish va o‘tkazish imkoniyatlari ko‘rib chiqilmoqda.