Jarayon

Qashqadaryo viloyati AYBBga qarashli davlat muassasalari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10- oktyabrdagi “Yo‘l xo‘jaligi sohasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-330-son qarorining ijrosini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Xususan, qarorning 8-ilovasida Qashqadaryo viloyati AYBB tomonidan “Yashil makon” umummilliy dasturi doirasida 2024- yilgi bahor va kuz mavsumida umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari yoqasiga jami 345000 tup (bahorgi mavsumda 192360 tup, kuzgi mavsumda 152640 tup) manzarali daraxt va buta ko‘chatlari ekilishi belgilab qo‘yilgan.
🌱Suratda davlat ahamiyatiga molik 4P79 “Qarshi—Xonobod—Chim—Chiroqchi—Shahrisabz” avtomobil yo‘llarida jadallik bilan olib borilayotgan ko‘chat ekish ishlaridan lavhalar.