
Ijtimoiy tarmoqlardagi https://t.me/jurnalistuz/2515 telegram kanalida e’lon qilingan tanqidiy video lavha yuzasidan Qashqadaryo viloyati Avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi quyidagilarni ma’lum qiladi.
Mazkur murojaat yuzasidan Kitob TYFDM tomonidan belgilangan tartibda manzilli o‘rganish olib borildi. Mazkur 4R23l “Kitob va Shahrisabz shahriga” avtomobil yo‘li davlat ahamiyatidagi yo‘l hisoblanadi. Avtomobil yo‘lining 3—4-km oralig‘ida yuz bergan ushbu holat avtomobil yo‘llarida olib borilishi lozim bo‘lgan texnologik talablarga zid holat deb baholandi. Mazkur holat ish jarayonlarining hamda nazoratining to‘g‘ri tashkil etilmaganligi sifatida
baholanib, tushuntirish ishlari olib borildi. Bunday ko‘ngilsiz holatga yo‘l qo‘ygan xodimlar tegishli tartibda jiddiy ogohlantirilganligini va tez orada mazkur yo‘ldagi mavjud kamchiliklar bartaraf qilinishini ma’lum qilamiz.
Qashqadaryo viloyati Avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi Axborot xizmati