
Qamashi tumanidagi davlat ahamiyatiga molik 4R86 “Langar q.—Maydanak q.” avtomobil yo‘lining 57—62-km. oralig‘idagi tog‘li hududda qishki qarov ishlari olib borildi. Yo‘llardagi qorlar maxsus texnikalar yordamida kuralib, transport vositalarining xavfsiz harakatlanishi ta’minlandi.