
2024 — yil 24 — fevral, shanba kuni Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi hamda viloyat Avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi hamkorligida Qashqadaryo viloyatida faoliyat yuritayotgan jurnalistlar va blogerlar uchun matbuot anjumani tashkil etiladi.
🖊 Mavzu: «Yo‘l xo‘jaligi sohasini yanada takomillashtirish bo‘yicha tizimda olib borilayotgan ishlar va kelgusidagi rejalar».
🕚 Boshlanish vaqti: soat 14:00
🎤 Ishtirok etadi: Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi raisining Axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi — Matbuot kotibi hamda viloyat Avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi mas’ullari.
📍 Tadbir joyi: “Jurnalistlar uyi” binosi (Qarshi shahri, Mustaqillik shoh ko’chasi, 22-uy)
🔰 Barcha jurnalist va blogerlar, hamda sohaga qiziquvchilarni ushbu media-tadbirga taklif etamiz!
QASHQADARYO VILOYATI AVTOMOBIL YO‘LLARI BOSH BOSHQARMASI AXBOROT XIZMATI