
Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi tashabbusi bilan Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi va uning tarkibidagi korxona-tashkilotlar ishchi-xodimlarining intellektual bilimini sinovdan o‘tkazish, aqliy salohiyatini mustahkamlash maqsadida “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil etiladi.
“Zakovat” intellektual o‘yini 2 bosqichda o‘tkaziladi.
Qashqadaryo viloyat saralash bosqichi — 2024-yilning 24-fevral sanasida Qarshi shahar Yoshlar ishlari agentligi binosida bo‘lib o‘tadi.
Avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi tasarrufidagi 18 ta muassasa o‘z ishchi-xodimlardan iborat 6 kishilik jamoa bilan ishtirok etadi.
Jamoa a’zolari yo‘l korxonasi ishchilari, texnik xodimlari va apparat xodimlari orasidan saralab olinadi.
Jamoaning har bir a’zosi o‘z bilimi bilan tuman (viloyat) sha’nini himoya qila olishiga e’tibor qaratiladi.
“Zakovat” intellektual o‘yinida yo‘l qurilishi sohasiga oid huquqiy-normativ hujjatlar, xalq og‘zaki ijodi, adabiyotga oid hamda mantiqiy savollar o‘ynaladi.
Viloyat saralash bosqichida eng ko‘p ball to‘plagan g‘olib jamoa boshqarma tomonidan munosib taqdirlanib, respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritadi.
Shuningdek, 2 va 3-o‘rinni egallagan jamoalar ham boshqarma tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi.
Eng faol ishtirokchilar «Eng yaxshi kitobsevar bilimdon», «Eng yaxshi bilimdon ayol», «Eng yaxshi bilimdon erkak», «Eng yaxshi jamoa sardori»
«Eng yaxshi soha bilimdoni», «Eng yaxshi mantiqiy fikrlovchi bilimdon» nominatsiyalari bo‘yicha taqdirlanadi.
“Zakovat” intellektual o‘yinida faollik ko‘rsating va o‘z bilimlaringizni sinab ko‘ring.