Oʻquv-trening

Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi va Janubiy Koreyaning Seul universiteti hamkorligida Seul universiteti professorlari tomonidan davlat xususiy sherikligi asosida Oʻzbekiston Respublikasida yoʻllardan foydalanish va saqlash salohiyatini oshirish loyihasi doirasida Avtomobil yoʻllari qoʻmitasining hududiy boshqarmalari xodimlari uchun 19—23-fevral kunlari oʻquv trening tashkil etildi.

Treningda avtomobil yoʻllari qoʻmitasi va uning hududiy boshqaramalaridan jami 50 nafar mutaxassis oʻqitilmoqda.

Oʻquv treningda mutaxassislar Koreya yoʻllarining va yoʻl tarmoqlarining transformatsiyasi, davlat xususiy sheriklik asosidagi yoʻl loyiha modellari va xavfni boshqarish strageyalari, davlat xususiy sheriklik yoʻllarini boshqarish va nazorat qilish, yoʻl loyihalar jarayoni va baholash tizimi, yoʻl qoplamasini ta’mirlash strategiyalari bilan tanishtirish, koʻpriklarning beton yoʻl qoplamasini ta’mirlash boʻyicha Koreya tajribasi bilan oʻrtoqlashishmoqda.

Trening davom etmoqda.