RASMIY MUNOSABAT

Ijtimoiy tarmoqlardagi https://t.me/bastiongr/8760 telegram kanalida
e’lon qilingan tanqidiy foto yuzasidan Qashqadaryo viloyati Avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi quyidagilarni ma’lum qiladi.
Mazkur murojaat yuzasidan Qashqadaryo viloyati Avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi hamda Nishon TYFK xodimlari ishtirokida manzilli o‘rganish olib borildi.
Mazkur 4K343 “Yangi Nishon q.—Charag‘li q.—Fazli q. ” avtomobil yo‘li (0—21-km) Nishon va Qarshi tumanlarini bog‘lovchi mahalliy ahamiyatdagi yo‘l hisoblanadi. Avtomobil yo‘lining 5—7, 9—10, 11—13 hamda 17—21-km oralig‘i haqiqatan ham ta’mirtalab holatga kelib qolganligi sababli, Qashqadaryo viloyati Avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi hamda Nishon TYFK o‘rtasida ta’mirlash ishlari bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilib, 0—7 km oralig‘ida ta’mirlash ishlari boshlanganligini ma’lum qilamiz.

Qashqadaryo viloyati Avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi Axborot xizmati