RASMIY MUNOSABAT

Joriy yilning 3-fevral kuni Qashqadaryo viloyat teleradiokompaniyasi tomonidan efirga uzatilgan “Reportaj” ko‘rsatuvi orqali Dehqonobod tumani Chilgaz  va Sarchashma MFY fuqarolarining tuman markazidan Sarchashma mahallasiga boradigan yo‘lning ta’mirtalab ekanligi yuzasidan murojaat qilgani va bu aholiga noqulaylik hamda qiyinchilik tug‘dirayotgani, murojaatlari e’tiborsiz qolib kelayotgani haqida so‘z borgan tanqidiy lavha yuzasidan Dehqonobod TYFK quyidagilarni ma’lum qiladi.

4K300  “Dehqonobod q.(M-39 avtoyo‘li 1281 km)—Karashina q.—Boshchorboq q.” avtomobil yo‘li 54 kilometrdan iborat bo‘lib, Dehqonobod TYFK balansida turadi.
Yo‘lni to‘liq ta’mirlashga har  yili ajratilayotgan limit mablag‘lari hisobodan saqlash ishlari va joriy ta’mirlash ishlari olib boriladi. 2024-yilda qo‘shimcha mablag‘lar hisobidan mazkur yo‘lning eng yomon qismlarining  5 kilometrini hamda  2025-yilda ham yana 5 kilometr qismini asfalt-beton qoplamasi bilan ta’mirlash rejalashtirilgani.
2030-yilgacha ushbu yo‘lga to‘liq asfalt-beton qoplamasini yotqizish chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilmoqda.
Shuningdek, 2024-yilda Chilgaz MFYhududidan ichki yo‘llarning 6,5 kilometri Sarchashma MFYdan 8,5 kilometr ichki yo‘l shag‘allashtirilishi belgilangan.

Qashqadaryo viloyati Avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi Axborot xizmati